Bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalari o'rtasida O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lishining huquqiy masalalariga bag'ishlangan huquqiy insholar tanlovi.
JIDUning “Jahon Savdo Tashkiloti kafedrasi” loyihasi doirasida magistr va bakalavr talabalari va doktorantlar o‘rtasida O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishining huquqiy masalalariga bag‘ishlangan mavzulardagi maqolalar tanlovi e’lon qilinadi.
Maqolalarning tavsiya etilayotgan mavzulari:
1. O‘zbekistonning JSTga a’zo bo’lishi: muammolar va imkoniyatlar;
2. O‘zbekistonning eksport salohiyatini oshirishning huquqiy asoslari;
3. JST qo'shilishning ilg'or tajribalari;
4. JSTga a‘zo bo'lmoqchi bo'lgan davlatlarning ko'p tomonlama savdo muzokaralarida qatnashishining o'ziga xos jihatlari.
Tanlov "O'zbekistonning JSTga kirishi: qiyinchiliklar va imkoniyatlar" mavzusidagi konferensiya doirasida o'tkaziladi (natijalar dekabr oyining o'rtalariga qadar e'lon qilinadi).
Maqolalarni topshirishning oxirgi muddati: 2022-yil 1-dekabr.
Maqolani rasmiylashtirish bo'yicha asosiy talablar: shrift Arial, shrift o‘lchami 12, qator oraligʻi 1,5.
Eng yaxshi maqolalar mualliflari maxsus sovg'alar va sertifikatlar bilan taqdirlanadilar.
Maqolalar oʻzbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.
Maqolalar elektron shaklda quyidagi pochta manziliga yuborilishi kerak: wtochair@uwed.uz