Faoliyatlar

Bosh sahifa - Faoliyatlar

Trening
September 05, 2023

Oʻzbekiston Respublikasining JSTdagi maslahatchisi janob Asqar MIRSAIDOVning Baliqchilikni subsidiyalash boʻyicha JST kelishuvi boʻyicha Brown-Bag seminari (11.09.2022)

Oʻzbekiston Respublikasining JSTdagi maslahatchisi janob Asqar MIRSAIDOVning Baliqchilikni subsidiyalash boʻyicha JST kelishuvi boʻyicha Brown-Bag seminari (11.09.2022). Mirsaidov O'zbekiston tashqi savdo vazirligining yuridik departamenti boshlig'i bo'lib, departament ishiga, O'zbekiston xalqaro iqtisodiy hamkorligini huquqiy qo'llab-quvvatlashga rahbarlik qiladi, O'zbekiston Respublikasi hukumatiga huquqiy hujjatlar, Prezident, hukumat qarorlari, xalqaro bitimlarni ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va taqdim etish bo'yicha faoliyatni yuritadi, xalqaro firmalar, kompaniyalar va korxonalar, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralar olib boradi. Shuningdek, u O'zbekiston hukumatining tashqi savdo huquqi va arbitrajda ishtirok etish, XINHQM(Xalqaro investitsion nizolarni hal qilish markazi) nizolar va boshqalar bo'yicha maslahatlashuvlarini tashkil etish uchun javobgardir.
Ilgari u O'zbekistonning Belgiyadagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo'yicha maslahatchi sifatida ishlagan va xalqaro huquqqa muvofiq Benilyuks mamlakatlarida O'zbekistonning tashqi iqtisodiy siyosatini amalga oshirish ular bilan o'zaro manfaatli savdo-iqtisodiy, investitsiya, moliyaviy , texnik va texnologik hamkorlikni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash uchun mas'ul bo'lgan.
2005 yildan 2012 yilgacha tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida turli lavozimlarda ishlagan.
Janob Mirsaidov Toshkent davlat institutini, Birmingem universitetini, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini (Toshkent, O'zbekiston) tamomlagan.

Trening
September 04, 2023

Savdo muzokaralari bo'yicha qisqa muddatli trening/seminar prof. Marten SMITS (19-23/09/2022 y.) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vakillari (rahbari janob Farrux ZAKIROV, oʻsha paytdagi boshqarma boshligʻi) bilan uchrashuv (23.09.2022)

Ishtirokchilar: JIDU professor-o'qituvchilari va talabalari (bakalavriat, magistratura), shuningdek, davlat organlari mutaxassislari (Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi) uchun trening.

2022-yilning 19-23-sentabr kunlari niderlandiyalik professor Martin Smits (Maarten Smeets) JST doirasida muzokaralar olib borish san’ati to‘g‘risida JIDUning bir guruh professor-o‘qituvchilari va talabalariga trening o‘tkazdi. Ushbu interfaol mashg‘ulotlar davomida tinglovchilar Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lish istoqbollari va bu borada muzokaralar olib boorish texnikasi haqida o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada takomillashtirish imkoniga ega bo‘lishdi.

Maarten Smeets Jahon Savdo Institutining (WTI) norezident ilmiy xodimi, Xalqaro biznes va iqtisodiyot universitetining mehmon professori (UIBE, Pekin, Xitoy), Shanxay Xalqaro biznes va iqtisodiyot universitetining (SUIBE) yordamchi professori va Niderlandiya xalqaro munosabatlar institutining katta ilmiy xodimi, Globallashuv va xalqaro tartibga solish instituti (Maastrixt universiteti, Niderlandiya) va Salzburg seminari (Avstriya) aʼzosi hisoblanadi.

U Jahon Savdo Tashkilotida (Jeneva, Shveytsariya) JST kafedralari dasturini (WCP) boshqargan, dunyoning turli burchaklaridan kelgan yetakchi olimlar va tahlil markazlari bilan hamkorlik qilgan. Martin, shuningdek, JSTning Kadrlar tayyorlash va texnik hamkorlik institutida (ITTC) xalqaro savdo bo‘yicha salohiyatni oshirish dasturlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limni boshqargan.

Professor dolzarb savdo muammolari (raqamli savdo, inklyuziv oʻsish, globallashuv, sanksiyalar, JSTga aʼzo boʻlish, tarkibiy islohotlar, rivojlanayotgan mamlakatlar) boʻyicha bir qator ilmiy maqolalar va kitoblar muallifidir. JSTda faoliyat boshlashdan oldin u Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) va Iqtisodiy ishlar vazirligida faoliyat olib borgan.

Trening
September 04, 2023

"Qishloq xo'jaligida savdo" mavzusida qisqa muddatli trening/seminar prof. Kristian XEBERLI va Umida Xaknazar tomonidan (06-09/09/2022 )

Ishtirokchilar: JIDU professorlari va talabalari, shuningdek, davlat organlari mutaxassislari (Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qishloq xo'jaligi vazirligi) uchun JST kelishuvlari doirasidagi savdo va qishloq xo'jaligi masalalari bo'yicha trening.

Joriy yilning 6-8-sentabr kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Jahon Savdo Tashkiloti (JST) kafedrasi loyihasi” doirasida Jahon savdo instituti (Bern universiteti) professori Kristian Xaberli (Christian Häberli) hamda ilmiy tadqiqotchisi Umida Haqnazar tomonidan JST kelishuvlariga binoan savdo va qishloq xo‘jaligiga doir masalalar bo‘yicha JIDUning bir guruh professor-o‘qituvchilari va talabalariga, shuningdek, davlat organlari mutaxassislari uchun trening o‘tkazildi.

Kristian Xaberli

2007-yildan boshlab Jahon savdo instituti (JSI) aʼzosi va Yevropa, Osiyo, Afrika va Amerikada tadqiqotlar va ilmiy ishlari boʻyicha maslahatchi hisoblanasi. U qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi, ortiqcha vazn va to‘yib ovqatlanmaslik, suv, iqlim o‘zgarishi, bandlik, ko‘p tomonlama va mintaqaviy savdo, rivojlanish va JSTga a’zo bo‘lish bilan bog‘liq savdo va investitsiya masalalari bo‘yicha 70 dan ortiq nashrlarni tayyorlagan.

1977-yilda Afrika investitsiya huquqi (Bazel universiteti) bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasibi yoqlagan. Shuningdek, Jenevada (1975) Rivojlanish fanlari va Berndan (2009) teologiya bo‘yicha universitet darajalariga ega. Uning professional faoliyati 1978-yilda Xalqaro mehnat tashkiloti hamda Shveytsariya hukumati dasturlari doirasida Madagaskar, Tailand, Nepal va Shveytsariya faoliyat olib borgan. Professor Xaberli Urugvay va Doha raundlarida (1986-yildan 2007-yilgacha) GATT va JSTda Shveytsariya uchun savdo muzokarachisi bo‘lgan. U JST Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha qo‘mitasi raisi (muntazam sessiya, 2005 – 2007-yillar) va 1996 – 2015-yillar oralig‘ida JST nizolarni hal qilish hay’ati a’zosi sifatida beshta nizolarni hal qilish bo‘yicha ishlarni (banan, olma, biotexnologiya, audio-vizual va ishlab chiqarilgan mamlakat belgisi) ko‘rib chiqishda ishtirok etgan. Ukraina tomonidan ba’zi yog‘och mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha qo‘llaniladigan cheklovlar bo‘yicha Yevropa Ittifoqi tashabbusi bilan arbitraj kengashi raisi sifatida faoliyat yuritgan (2020-yil). Shuningdek, Shveytsariya-Yevropa Ittifoqi (2002-yildan 2007-yilgacha) Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha kelishuv qo‘shma qo‘mitasi raisi (har ikki yilda) bo‘lib ishlagan.