Xalqaro iqtisodiy huquq hamjamiyati (SIEL) prezidenti, professor Piter Van den Bosh bilan uchrashuv bo‘lib oʻtdi

Yangiliklar - Xalqaro iqtisodiy huquq hamjamiyati (SIEL) prezidenti, professor Piter Van den Bosh bilan uchrashuv bo‘lib oʻtdi

Xalqaro iqtisodiy huquq hamjamiyati (SIEL) prezidenti, professor Piter Van den Bosh bilan uchrashuv bo‘lib oʻtdi

Joriy yilning 29-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari va tadqiqotchilarining Jahon savdo instituti hamda Bern universiteti
“Huquq” fakultetining xalqaro iqtisodiy huquq professori, Xalqaro iqtisodiy huquq hamjamiyati (SIEL) prezidenti, professor Piter Van den Bosh bilan uchrashuv bo‘lib oʻtdi.

Professor Piter Van den Bosh avval Jahon savdo tashkiloti Apellyatsiya organi a’zosi va raisi (2009-2019) lavozimida ish olib borgan, hozirgi vaqtda Bern universiteti o'quv bo'limi boshlig'I va xalqaro iqtisodiy huquq fani professori.

Mazkur tadbirda mehmon Jahon savdo tashkiloti doirasidagi hozirgi tendensiyalar va O‘zbekistonni JSTga a’zo bo‘lish istiqbollari bo‘yicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Sana

October 01, 2023